Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti tasodifan zavodga bomba tashladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti”

Foto: RIA Novosti”

Hodisa 10-aprel kuni Luara departamentida yuz bergan. Fransiya harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti Nojan-sur-Vernisson aholi punkti ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda, ulardan biri bombasini tushirib yuborgan. Bomba Faurecia kompaniyasiga tegishli zavod ustiga borib tushgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan.

Fransiya harbiy-havo kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, zavodga tushgan bomba mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan va unda portlovchi modda bo‘lmagan, uni Reyms yaqinidagi poligonga tashlash rejalashtirilgan edi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)