Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri jome masjidining keksa qo‘riqchisi 20 yoshli yigit tomonidan kaltaklab ketildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat tergov organlari gumondorga nisbatan tergov harakatlarini boshlab yubordi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, gumondor ushlangan, ammo u ruhiy xastalar ro‘yxatida turadi.
Voqea 9-aprel kuni ro‘y berdi. 1947-yili tug‘ilgan qo‘riqchi va 20 yoshli gumondor orasida kelishmovchilik kelib chiqib, mushtlashuvga aylangan. Yosh yigit keksa erkakni kaltaklab, voqea joyidan qochgan.
Izoh (0)