10-aprel, seshanba kuni erta tongda markaziy Italiyada 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Seysmologlar 5:11 da (Toshkent vaqti bilan 8:11) yerosti silkinishlarini qayd etgan. Zilzila epimarkazi Marke mintaqasining Muchcha qishlog‘i yaqinida, yer yuzasidan to‘qqiz kilometrga yaqin chuqurlikda joylashdi.
Birinchi yer silkinishidan so‘ng 2,0 magnitudadan ortiq bir necha marotaba silkinish takrorlangan.
Yer silkinishini Marke va Umbriya viloyatlaridagi ko‘plab aholi punktlari fuqarolari sezgan. Hozirgi paytda Fuqarolik mudofaasi milliy xizmati xodimlari zilzila vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan-chiqarmaganligini aniqlamoqda.
Izoh (0)