AQSh federal savdo komissiyasiga huquqshunoslarning 20 ta guruhi murojaat etib, YouTube videoxostingi faoliyatini tekshirishni so‘radi. Ularning fikricha, servis yosh bolalar haqida maqsadli tarzda axborot to‘plagan, deb xabar bermoqda CNN.
Tashabbus mualliflarining fikricha, IT-korporatsiya bir necha yillar davomida internetda bolalar maxfiyligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzib kelgan. Bu hujjat 13 yoshdan kichik bolalar haqida ma’lumot to‘plashni taqiqlaydi.
Huquqshunoslarning fikricha, shu davr ichida 23 million bolaning huquqlari buzilgan bo‘lishi mumkin.
Bunday ayblov ilgari surilishiga asosiy sabab — YouTube’da ro‘yxatdan o‘tishda 13 yoshga to‘lganlikni tasdiqlash talab qilinishiga qaramay, videolarni ro‘yxatdan o‘tmay turib ham ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, bolalar ota-onalarining akkauntlaridan ham foydalanishlari mumkin.
Korporatsiya vakillari ilgari surilayotgan ayblov yuzasidan hozircha hech qanday bayonot bermadi.
Izoh (0)