9-aprel kuni Ukrainaning Lvov viloyatida yuk poyezdi relslardan chiqib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Ammo yuk poyezdi ekipaji hamda boshqa sostavlardagi bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda. Ag‘darilgan poyezd qo‘shni yo‘llarni ham yopib qo‘ygani bois boshqa sostavlardagi yo‘lovchilar vagonlarni tark etib, 10 kilometr piyoda yurishga majbur bo‘ldi.
Jami o‘nga yaqin vagon ag‘darilib ketgani aytilmoqda.
Izoh (0)