Toshkentda “Taksi ‘Grand’” brendi ostida faoliyat yuritgan “Taksi grant” MChJ tugatilmoqda, deb yozadi Spot. Kompaniya yagona ta’sischisining ixtiyoriy likvidatsiya (tugatilish) haqidagi qarori 4-aprel kuni qabul qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu taksi xizmatiga tegishli bo‘lgan telefon raqamlaridan biriga tushib bo‘lmagan, qolgan ikkita raqam bo‘yicha ulanilganda, bu taksi xizmati ekanligi, ammo “Grand” emasligini ma’lum qilishgan.
Toshkent hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatlarini litsenziyalash va koordinatsiyalash bo‘limining taksoparklar reyestrida ko‘rsatilgan telefon raqami o‘chirib qo‘yilgan.
“Taksi grant” MChJ Shayxontohur tumani tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2011-yil 25-may kuni ro‘yxatga kiritilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, yuridik shaxs 2005-yilda ro‘yxatga olingan.
Izoh (0)