Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida 7-aprel kuni Gruziya fuqarosi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 00:30 atrofida gruziyalik V.Stoyan o‘zining boshqaruvidagi Nissan avtomobilida “Olmaliq—Toshkent” yo‘lining 38-kilometrida orqaga qayrilayotgan vaqtida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan H.Xo‘jamberdiyev boshqaruvidagi Lacetti mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi.
YTH tufayli Lacetti yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Izoh (0)