“Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Ushbu qaror bilan milliy madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra:
- milliy madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlar hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to‘grisida sertifikat topshiriladi;
- mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:
- kompozitor, bastakor va san’atshunoslar;
- teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissorlari;
- dirijorlar, baletmeysterlar;
- musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;
- doston ijrochiligi namoyandalari;
- shoir va yozuvchilar;
- muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilshs sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar;
- tasviriy va amaliy san’at vakillari, dizaynerlar.
Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.
Nomzodlarni tavsiya qilish va g‘oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.
Izoh (0)