O‘zbekiston tijorat banklari joriy yil naqd xorijiy valyuta olish uchun mo‘ljallangan 1000 dan ortiq bankomat xarid qiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Respublika Markaziy bankiga ko‘ra, bankomatlar tarmog‘ining kengaytirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Bunday bankomatlar oldin faqat ayrim banklar filiallari va mehmonxonalarda bo‘lgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyutani naqdlashtirish imkoniyati yaratildi. Bu qoida konversion kartalarga ham tegishli.