Xitoy “Tyangun-1” orbital stansiyasi Tinch okeani ustida atmosferaga kirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, stansiya okeanning janubiy qismi ustida Pekin vaqti bilan 08:15 (Toshkent vaqti bilan 05:15) da atmosferaga kirgan va katta qismi atmosferada yonib ketgan.
Tafsilotlar, jumladan uning parchalari va ular qulagan joy haqida hozircha xabar qilinmadi.
Avvalroq stansiya orbitadan qulay boshlaganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)