“Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Farmon bilan:
- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida Qurilish vazirligi;
- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bazasida Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
- Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.
Quyidagilar tugatildi:
- Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi;
- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi;
- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklandi.
Izoh (0)