Janubiy Koreya Yaponiyaning Tokto (Takesima) orollariga hududiy da’vosi yuzasidan 30-mart kuni e’tiroz bildirdi. Bu haqda Janubiy Koreya TIV rasmiy vakilining bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Hukumat Koreya Respublikasining ajralmas qismi hisoblangan Tokto orollarini yapon orollari deb atashni asossiz talab etuvchi tarix darsliklarini yozish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma qabul qilganligi uchun Tokioni qoralaydi”, — deya ta’kidlaydi tashqi siyosat boshqarmasi.
Avvalroq Yaponiya hukumati maktablarning yuqori sinflari uchun tarix darsliklarini yozish bo‘yicha qo‘llanmani qabul qilgan edi. Hujjatga ko‘ra, barcha maktablar tarix bo‘yicha o‘quv darsliklarida Tokto Yaponiyaga tegishli ekanligi qayd etiladi.
Izoh (0)