Germaniya va O‘zbekiston hukumati umumiy qiymati 12,3 million yevro miqdoridagi moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
2018-yil oxirigacha mo‘ljallangan hujjat Toshkentda imzolandi. Hujjatni Germaniya hukumati nomidan mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld, O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev imzoladi.
“Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bular, xususan, O‘zbekiston viloyatlarida sil kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha loyiha doirasida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish va maxsus laboratoriyani jihozlash, shuningdek, loyihani amalga oshirishda bajariladigan tadbirlar uchun zarur bo‘lgan grantlarni ajratishdir”, — deyiladi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bayonotida.
Izoh (0)