Joriy yilning 11—13-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti navbatdagi BMT Modeli anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman mamlakatning turli universitetlaridan kelgan ilg‘or talabalarni bir joyga jamlaydi.
BMT Modeli anjumani (Model United Nations) – bu yoshlar anjumani bo‘lib, unda qatnashchilar BMT faoliyatini simulyatsiya qilgan holda o‘zlarining diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
Anjuman qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan taklif etilgan BMT qo‘mitalarining biridagi a’zo-davlat delegati sifatida ishtirok etadilar va muzokaralar davomida o‘sha davlat manfaatlarini himoya qiladilar.
Arizani quyidagi manzil orqali topshirish mumkin.
Izoh (0)