28-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston hukumati nomidan elchi Vladimir Tyurdenevga Rossiyaning Kemerovo shahridagi ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan yong‘in munosabati bilan samimiy ta’ziya bildirildi va hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.
Izoh (0)