Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida roʻy bergan yongʻin munosabati bilan o‘zbekistonliklar Toshkentdagi Rossiya elchixonasida motam ramzi boʻlgan shamchiroqlar, gul va oʻyinchoqlar qoldirmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Madina Nurman xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi. Kemerovo viloyatida yong‘in munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)