“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zlagan Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif qariyb qirq yildan beri davom etib kelayotgan afg‘on urushi nafaqat Afg‘oniston, balki qo‘shni davlatlar uchun ko‘plab muammolar paydo qilganini ta’kidladi, deb xabar beradi O‘zA.
Afg‘onistondagi notinchlikning asl sababi bu yerda xorijiy davlatlar harbiy kuchlarining joylashtirilgani ekaniga e’tibor qaratdi. Turli terroristik harakatlar ham bu beqarorlikda rol o‘ynamoqda. Bularning barchasiga barham berish, xorijiy harbiylarni mamlakatdan chiqarish zarur.Islom niqobidagi terrorizmga barham berish uchun mafkuraviy hurujlarga qarshi turish, dinning asl mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadga muvofiq.
Terrorizmni ildizi bilan butunlay yo‘qotish uchun harakat qilishimiz zarur. Bu yo‘lda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish o‘z samarasini beradi.
Muhammad Javad Zarif, Eron tashqi ishlar vaziri
Izoh (0)