Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida ro‘y bergan yong‘in qurbonlari ro‘yxatida sakkiz nafar bola mavjud. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hozirga qadar 64 qurbondan 23 nafarining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Halok bo‘lganlarning ismlari keltirilgan ro‘yxat tezkor shtab tashkil etilgan maktab binosiga osib qo‘yildi.
Ayni paytda yana 13 kishiga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)