Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal majlisda Rossiyada eng yangi qurol-yarog‘ ishlanmalari haqidagi bayonoti dunyo hamjamiyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RT telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Rossiya imkoniyatlarining bunday namoyishi natija bergan-bermaganligi haqidagi savolga Peskov “Albatta, ha”, deb javob berdi.
“Dunyo hamjamiyati mas’ul a’zolari reaksiyasini tahlil qilsangiz, xalqaro xavfsizlik va qurolsizlantirish masalalari bo‘yicha shoshilinch muzokaralar o‘tkazish zarurati anglanmoqda”, — deya aniqlik kiritdi Peskov.
Matbuot kotibi AQSh raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqqandan so‘ng o‘zaro tiyib turish tizimi tahdid ostida qolganligini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)