Vyetnam janubida joylashgan Xoshimin shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va yana 14 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, bir ayol binoning 19-qavatidan sakrab vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonadonlardan birining yerto‘lasida sodir bo‘lgan yong‘in kechasi butun binoga tarqalgan.
Izoh (0)