Fransiya tashqi ishlar vaziri Jerar Kolon Fransiya janubidagi Treb kommunasida odamlarni garovga olgan terrorchining ismini oshkor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Terrorchining ismi Rizvon Laqdim edi, u 26 yoshda edi”, — ma’lum qildi vazir.
U huquq-tartibot idoralariga mayda jinoyatlari tufayli tanish edi.
“Uning radikallashuvi kuzatilmagan edi va jinoyatni kutilmaganda amalga oshirdi”, — qo‘shimcha qildi Kolon.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat xavfsizlik kuchlari garovdagilarni ozod qildi, terrorchi o‘ldirildi.
Izoh (0)