Xalqaro press-klub axborot tarqatish va olish imkoniyatlarini tobora kengaytirish uchun mahalliy va xalqaro OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, diniy sohada olib borilayotgan ko‘p tarmoqli islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Ziyo” media markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar berildi press-klub saytida.
Memorandum Xalqaro press-klub Raisi Sh. Qudratxo‘jayev va “Ziyo” media markazi direktori Z. Xayrullayev tomonidan imzolandi.
Diniy ta’lim sohasidagi islohotlar, xususan, Toshkent islom universiteti, “Mir Arab” oliy madrasasini tashkil etilishi, respublika hududidagi madrasalar va Toshkent islom instituti faoliyatini yoritish, Haj va Umra safarlari masalasida olib borilgan islohotlar, diniy sohadagi bunyodkorlik ishlari, xususan, masjid va madrasalarning barpo etilishi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining tashkil etilishi va uning bugungi kundagi olib borayotgan faoliyati yoritish memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi.
Izoh (0)