Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 22-mart payshanba kuni Osiyo Kubogi-2019 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iziston va Myanma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Qirg‘iziston va Myanma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Qirg‘iziston terma jamoasi raqibini 5:1 hisobida taslim qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng saralash bahslari tugashiga bir tur qolganida Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg‘iziston terma jamoasi 2019-yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra, Hindiston terma jamoasi ortidan Qirg‘iziston terma jamoasi yaqin ta’qibchisini 5 ochkoga ortda qoldirgan holda yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Saralash musobaqalarining so‘nggi turi oldidan Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan 21 ta jamoaninng nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Bular: mezbon — BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vyetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Qirg‘iziston va Turkmaniston terma jamoalaridir.

Yana uchta yo‘llanma sohibi 27-mart kuni bo‘lib o‘tadigan saralashning so‘nggi turidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Osiyo Kubogi-2019 saralashi uchrashuvi

22-mart, payshanba

Qirg‘iziston — Myanma 5:1

Gollar: 1:0 — 2 Shamshiyev. 2:0 — 5 Zemlyanuxin. 3:0 — 63 Zemlyanuxin. 4:0 — 74 Lyuks. 4:1 — 84 Ziav Htet. 5:1 — 88 Sag‘inbayev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg