AQShning Oklaxoma shtatida bundan buyon qatllar hukmini ijro etishda gazsimon azotdan foydalaniladi. Oklaxoma bunday gaz ishlatiladigan birinchi shtatga aylanadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shtat bosh prokurori Maykl Xanter bergan bayonotga ko‘ra, azotdan qatlda foydalanilishi hukumat tomonidan tasdiqlangan.
Ayni paytda shtatda qatllar ijrosi qachon qaytadan boshlanishi ma’lum emas. Mahalliy matbuotga ko‘ra, qatllar joriy yil oxiridan qaytalanishi mumkin.
Izoh (0)