Toshkent shahar hokimligida Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 10 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 17- va 30-moddalariga muvofiq bir qancha shaxslarning arizalari qanoatlantirildi hamda ular mamlakat fuqaroligiga qabul qilindi.
Izoh (0)