Jizzax shahridagi yer osti kommunikatsiya tarmoqlari quduqlarining qopqoqlari o‘g‘irlab ketilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Bu noxush hodisa aholiga va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi viloyat filiali, viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasiga katta tashvish keltirmoqda. Qorong‘uda quduqqa tushib ketganlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xizmati tomonidan chiqarib olingan holatlar bor, deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, hozircha quduqlar qopqog‘ini kim nima maqsadda o‘g‘irlab ketayotgani noma’lum.
“Eng ajablanarlisi, odam gavjum ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylarning oldidagi og‘ir cho‘yan qopqoqlar qanday olib ketilayotganini hech kim ko‘rmayotganidir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)