O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi vakillari Bryussel aeroporti menejerlari bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tomonlar O‘zbekistondan muntazam va charter reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Belgiya tomoni O‘zbekiston shaharlari bilan aviaqatnovlar ochilishiga qiziqish bildirdi: Bryussel aeroporti rivojlanishidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirishdan iborat.
Mutaxassislarga ko‘ra, aviaqatnovlar ochilishi Belgiya, shuningdek, unga qo‘shni Fransiya shimoli, Niderlandiya va Lyuksemburg fuqarolarining xizmat va sayyohat doirasidagi safarlarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Izoh (0)