Afg‘oniston rasmiylari narkotik moddalarga qaram shaxslarni qayta hisoblab chiqdi va millionga yaqin giyohvand ayolni aniqladi. Bu haqda Tolo News xabar bermoqda.
Sog‘likni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 900 ming ayol taqiqlangan moddalarni iste’mol qiladi. Narkotik moddalarga qaram 10 yoshgacha bolalar soni esa 100 mingga yaqin. Hukumat vakillarining aniqlik kiritishicha, mamlakatda reabilitatsiya markazlari atigi 20 taga yaqinligi tashvish uyg‘otadi. Muassasalardan aksariyati faqat erkaklarni davolashga mo‘ljallangan.
Nashrning ma’lum qilishicha, ayollarning o‘zlari reabilitatsiya dasturlarining befoyda ekanligiga ishonchi komil. Ularning so‘zlariga qaraganda, uyda ularning erlari narkotik moddalar qabul qilishi oqibatida ular baribir halokatli odatga yana qaytadi.
Izoh (0)