Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi Yuriy Lozaning jiyani itlar to‘dasining hujumi oqibatida halok bo‘lgan 19 yoshli yigitni yaxshi ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar berdi “AiF.ru”.
Avvalroq, Moskva viloyati Istra shahar okrugi Kursakovo qishlog‘ida yashovchi yigitni daydi itlar to‘dasi g‘ajib tashlagani haqida xabar berilgandi. OAVlarning yozishicha itlar 11-mart, yakshanbaga o‘tar kechasi dugonasinikidan uyiga qaytayotgan ayolga hujum qilgan, bunga guvoh bo‘lgan Oleg ismli yigit ularni quvib yuborishga uringan, biroq buning oqibatida halok bo‘lgan.
“Ushbu holat Istra viloyatida sodir bo‘lganiga ishonish qiyin. Ammo bu haqiqat, chunki mening jiyanim halok bo‘lgan jasur yigitdan farzand kutmoqda. Yigit mutlaqo notanish bo‘lgan ayolga yordam ko‘rsataman deb, qahramonlarcha halok bo‘ldi”, — deb yozadi Loza.
Qo‘shiqchining aytishicha, u doim “ozodlik”da to‘dalashib yuradigan katta itlarga qarshi bo‘lgan. U mazkur holat “qotib qolmasligiga” va aybdorlar odilona jazolanishiga umid bildirishini ta’kidlab o‘tdi.
Qayd etilishicha, marhumning oilasi Rossiyaga to‘rt yil avval ko‘chib kelgan, bungacha ular O‘zbekistonda yashagan.
Izoh (0)