Rossiyaning 2013—2017-yillarda jahon qurol bozoridagi ulushi 2008—2012-yillar bilan taqqoslaganda to‘rt foizga qisqardi. Shu vaqt mobaynida AQShning ulushi aynan to‘rt foizga oshdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (Stockholm International Peace Research Institute) ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning mazkur bozordagi ulushi 2013—2017-yillarda 34 foizga oshgan. Amerika qurollarining asosiy xaridorlari Saudiya Arabistoni (18 foiz), Birlashgan Arab Amirliklari (7,4 foiz) va Avstraliya (6,7 foiz) bo‘ldi.
Aynan shu davrda Rossiyaning ulushi 22 foizga qisqardi. Uning asosiy mijozlari — Hindiston (35 foiz), Xitoy (12 foiz) va Vyetnam (10 foiz).
2013—2017-yillarda global qurol bozori 2008—2012-yillar bilan solishtirganda o‘n foizga o‘sdi.
Izoh (0)