Italiyalik yigit marixuana solingan keks tayyorlashga qaror qildi va bu pishiriq uning ota-onasini kasalxonaga tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Italiyaning Friuli viloyatida yashovchi juftlik 7-mart kuni kechqurun 20 yashar o‘g‘li tomonidan pishirilgan va sovutish uchun stol ustida qoldirilgan keksni ko‘rgan. Ular pishiriqdan tatib ko‘rgan va o‘zini yomon his qilib, tez yordam chaqirgan. Kasalxonada ular ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlar zaharlanishning sababi giyohvand modda bo‘lganini ko‘rsatgan.
So‘roqdan keyin yigit xamirga ko‘p miqdorda marixuana qo‘shganini tan olgan. Pishiriqning qolgan qismi musodara qilingan, yigit esa giyohvand modda saqlagani uchun qonun oldida javob berishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)