Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R. Jo‘rayev poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o‘tkazadi. Bu haqda boshqarma saytida ma’lum qilindi.
“Yaqin kunlarda ilk marotaba O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i R. Jo‘rayevning poytaxtimiz aholisi bilan ochiq telemuloqoti bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarnomada.
Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
Muloqotga qo‘shilishni istaganlar o‘zini qiziqtirgan savollarni “Info@guvd.uz” elektron pochtasiga yuborishi mumkin.
Izoh (0)