O‘zbekistonlik olimlar Sirdaryo havzasi xalqlari madaniyati va etnografiyasini o‘rganish bo‘yicha yirik xalqaro ilmiy loyihada ishtirok etmoqda. Loyihada O‘zbekiston vakillaridan tashqari, Germaniya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar olimlari ishtirok etmoqda.

Sirdaryoning Farg‘ona vodiysidan oqib o‘tadigan qismi. Foto: Adhamjon Ashirov

“Daryolarga ta’rif berilganda, ularni ona zaminning misoli gravitatsiya kabi ‘o‘z-o‘zidan oqadigan’ arteriyasiga qiyoslanadi. Bu o‘rinda Markaziy Osiyodagi yirik daryolar — Amudaryo va Sirdaryo havzasida ming yillar davomida tabiat, xususan, suvga bilan bog‘liq boy ekologik madaniyat yaratilgan. Lekin so‘nggi yuz yillikda ekologik tizimiga katta zarar yetkazilishi turfayli mintaqada suv muammosi global muammo bo‘lishi bilan birga xalqaro ilmiy tadqiqotlar obyektiga ham aylandi”, — deydi loyiha ishtirokchisi, professor Adhamjon Ashirov.

Volkswagen fondining “Norin-Sirdaryo havzasining ijtimoiy va ekologik madaniyati tarixi’ mavzusidagi xalqaro loyihasining xaritasi. Foto: University of Tübingen

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Uchqo‘rg‘on gidroelektr statsiyasi ishchisi. Foto: GulzatBaialieva

2015-yili Volkswagen fondi homiyligida Germaniyaning Tyubengen universiteti Markaziy Osiyo davlatlari ilmiy markazlari, jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti (Qirg‘iziston) bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot loyihasi boshlangan edi. Loyiha 2015–2018-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Sirdaryoning Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston hududlarida yashovchi aholining suv bilan bog‘liq madaniyatini o‘rganish orqali zamonaviy Markaziy Osiyoda daryolarning o‘rnini tahlil etish asosiy maqsad qilib olingan.

Farg‘onada mirob suv ishlari nazorat qilmoqda. 1939-yil. Foto: Maks Penson

Tadqiqot ishlarining dastlabki bosqichida 2016-yil aprel oyida Toshkent shahrida 20 ga yaqin xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari mutaxassislar ishtirokida “Sirdaryo havzasining antropologik landshaftlari va ijtimoiy tarixi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. 2017-yili esa Ostona, Bishkek va Tyubengen shaharlarida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda ham Sirdaryo havzasining yuqori, o‘rta va quyi oqimida yashovchi xalqlarning suv bilan bog‘liq madaniyati, turmush tarzi va qarashlari antropolog, tarixchi, siyosatshunos, ekolog va etnologlarning tadqiqotlari natijalari ilmiy jamoatchilikka havola etildi.

Sirdaryoning boshlanishidagi Kichik Norin. Foto: Jan Feo de la Krua

2018-yili esa Sirdaryoning turli oqimlarida yashovchi xalqlar madaniyati, an’analari va suv bilan bog‘liq qarashlari aks etgan ko‘chma ko‘rgazmani yaratish rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazmani daryo oqimi bo‘ylab namoyish etish orqali turli mamlakatlarda yashovchilarning suv va daryo bilan bog‘liq ekologik madaniyatlari bilan tanishtiriladi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi ko‘prik. Foto: Gulzat Bayalieva.

Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy davrida Oks daryosi nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan “Sirli daryo” (Sirdaryoni mahalliy xalq orasidagi tavsiflaridan biri) Sirdaryo irmoqlari G‘arbiy Tyanshan tog‘ cho‘qqilaridagi muzliklardan boshlanadi. Sirdaryo Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qirg‘iziston, aholisi zich bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikistonning dehqonchilik vodiylaridan 3 ming kilometrlik yo‘lni bosib o‘tib, Qozog‘istonning g‘arbida Orol dengiziga borib quyiladi.

Sirdaryo qirg‘oqlarida qishda qamish o‘rishi. G‘arbiy Qozog‘iston. Foto: Aybek Samakov

Daryo o‘zanini o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda Ipak yo‘li shaharlari va sug‘orish tarmoqlari ham bir joydan boshqasiga o‘zgarib turgan. XX asrda daryo bo‘ylab ko‘plab infrastrukturalar qurilishiga qadar uning qirg‘oqlarida yo‘lbarslar uchun makon bo‘lgan to‘qayzor o‘rmonlar bo‘lgan.

Sirdaryo qirg‘og‘idagi dam olish maskani. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani. Foto: dhamjon Ashirov

Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida ulkan daryo tarmog‘ini yaratish uchun katta kuch sarflangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin mintaqada yirik gidroelektr stansiyalar va kanallar barpo qilingan. Natijada mintaqa aholisi va iqtisodiyoti o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan. Bu davrida daryo bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita tizim, ya’ni, don, tamaki, sabzavot va paxta kabi dehqonchilik ekinlarini sug‘orish tizimi bilan birga tog‘larda bunyod qilingan va vodiylarni suv hamda elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan to‘g‘onlar tizimi bo‘lgan.

Orol dengizi o‘rnida qoldirilgan baliqchilik kemas. Foto: William Wheeler

Markaziy Osiyoga oid yangilik va xabarlarda Sirdaryo bahsli suv havzasi bo‘lib, daryoning turli hududlarida u elektr ishlab chiqaruvchi yoki sug‘orma dehqonchilik asosi ekanligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga e’tibor qaratilmoqda. Voqelikning aynan shu tarzda talqini natijasida daryoning yuqori oqimda yashovchilar orasida agar suv dambalarda yig‘ilmasa, uning asosiy qismi samarasiz sarflanishi mumkin, deb hisoblaydi.

Sirdaryoning Xo‘jand shahri (Tojikiston) hududidan oqib o‘tadigan qismi. Foto: Mohira Suyarkulova

Fan doktori Jan Feo de la Krua (Tyubengen universiteti, Germaniya) professor Adhamjon Ashirov (O‘zRFA Tarix instituti, O‘zbekiston), dotsent Mohira Suyarqulova (Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti, Qirg‘iziston), doktorantlar Gulzat Bayaliyeva va Oybek Samakov (Tyubengen universiteti, Germaniya)