Qozog‘istonda 2018-yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Yevroosiyo milliy universiteti Ostona shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ushbu gumanitar tadbir doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Ostona shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston parlamenti deputati Faxriddin Qaratayev, Qozog‘iston o‘zbeklarining “Do‘stlik” milliy-madaniy markazi rahbari Ikrom Hoshimjonov, Ostona shahar o‘zbek etnomadaniy markazi raisi Sherzod Po‘latov bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazini ochish uchun taklif etilgan hududlarda bo‘ldi. Muhokamalardan so‘ng markaz tashkil etish uchun Qozog‘iston Yevroosiyo milliy universiteti binosi tanlandi.
Ayni paytda ushbu markazni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazi mazkur universitetning Qozog‘iston Birinchi Prezidenti auditoriyasi, YuNЕSKO kafedrasi, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi bilan bir qatorda joylashadi.
Izoh (0)