O‘zbekistonda yaqin orada ilk bor oliy ta’lim muassasasi qoshida tuziladigan bolalar bog‘chalari tajribasi amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda “Podrobno.uz”
xabar bermoqda.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinga ko‘ra, ikkita yangi bolalar bog‘chasi 2018-yil 1-sentabrda ishga tushiriladigan Puchon universiteti filiali hududida paydo bo‘ladi. Ular soha rivoji uchun o‘ziga xos tajriba va ilmiy-amaliy maydonga aylanadi.
“Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi 140 nafar bolaga mo‘ljallangan. Ulardan biri umumiy, ikkinchisi esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun bo‘ladi. Bog‘chalar qurilishi va jihozlanishi koreys tomoni zimmasida bo‘ladi”, — dedi Agrippina Shin o‘zbek-koreys biznes-forumi davomida.
Izoh (0)