Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami arafasida besh kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi. O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar ayyomi ham ana shu 12 kunlikning tarkibiga kiritilgan.
Dam olish kuni bo‘lgani sababli bugun erta tongdan poytaxtning barcha tumanlarida bayram nafasini sezish qiyin emas edi. Yosh-u qari birdek ayollarni tabriklashga oshiqar, har qadamda guldasta va sovg‘a ko\;targanlarni uchratish mumkin edi.
“Daryo” muxbiri joylarda bo‘lib, ana shunday manzaralar asosida maxsus bayramona fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)