O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 18, 19, 20, 21, 22-mart kunlari dam oladi.

Prezidentning bu farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilgan va ba’zi dam olish kunlari ko‘chirilgan edi. Ya’ni, 20-mart qo‘shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17-mart (shanba) 19-mart (dushanba)ga, 24-mart (shanba) 22-mart (payshanba)ga ko‘chirilgan edi.

Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.

Shunga muvofiq, o‘zbekistonliklar 8-mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining ushbu farmoni bilan mamlakat fuqarolari Yangi yilda 5 kun dam olgan bo‘lsa, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ham shunday dam olishlar guvohi bo‘ladi.