Shveysariyaning “Bazel” futbol klubi Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi. Bu orada klub Manchester shahrining ikki klubini taslim qilishga erishdi.
Guruh bosqichida jamoa “Manchester Yunayted” bilan to‘qnash kelgan bo‘lib, “Old Trafford”da 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan, o‘z maydonida esa 1:0 hisobida zafar quchgandi. Nimchorak finalga “Bazel” Xosep Gvardiola murabbiylik qiladigan “Manchester Siti”ga raqib bo‘ldi. Tomonlarning Shveysariyada kechgan ilk o‘yinida “shaharliklar” yirik g‘alabaga erishdi — 4:0. Takroriy o‘yinda esa shveysariyaliklar ustun keldi — 2:1.
Bu “Manchester Siti”ning shu mavsum hisobidan ilk uy mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha quyi liganing “Uigan” klubi “Siti”ni 1:0 hisobida taslim qilib, Angliya Kubogidan chiqarib yuborgan, APLda esa “Liverpul” raqibidan 4:3 hisobida ustun kelgandi. Shuningdek, Chempionlar Ligasining guruh bosqichidan joy olgan va manchesterliklar uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan o‘yinda “Shaxtyor” ham Pep shogirdlarini yutgandi. “Bazel”ga qarshi bellashuvda “mankunianlar” birinchi o‘yindagi yirik hisobga ishonib harakat qildi.
Shuningdek, Gvardiola Ederson, Kompani, Otamendi, Uoker, de Bryuyne, David Silva, Serxio Aguero, Fernandinyo kabi asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirmadi.
Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finaliga hozircha “Real”, “Liverpul”, “Yuventus” va “Manchester Siti” klublari yo‘l oldi.
Chempionlar Ligasi Nimchorak final 7-mart, chorshanba
Izoh (0)