Ukrainaning Poltava shahar kengashida faollar va mansabdorlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Bunga faollarning shahar transporti maromining buzilishiga sabab bo‘layotgan uy-joy kommunal xizmati ishidan noroziligi sabab bo‘ldi.

Kengash binosiga yo‘llar yomon tozalanayotganidan darg‘azab bo‘lgan kishilar kirib keldi va shahar rahbarining mazkur masalalar bo‘yicha o‘rinbosari javob berishini talab qildi. Shuningdek, ular o‘zi bilan tuz va qum olib keltirdi.

Fuqarolar murojaati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i zaldan ushbu “sovg‘a”larni olib chiqishga urindi, shundan so‘ng ikki tomon o‘rtasida tortishuv va mushtlashuv boshlandi. Bunga parallel ravishda shaharning markaziy ko‘chasida transport harakati to‘sib qo‘yildi.