Turkiyaning Adana shahri politsiyasi mamlakat janubida IShID terrorchilik tashkilotiga a’loqadorlik gumonlab 13 kishini qo‘lga oldi. Ular AQShning Anqaradagi elchixonasiga terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reydlar erta tongda bir vaqtning o‘zida bir nechta tumanda o‘tkazilgan. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda mahalliy Xavsizlik boshqarmasining terrorizmga qarshi kurashish departamenti maxsus bo‘linmasi xodimlari ishtirok etdi. Qo‘lga olinganlarning 12 nafari suriyalik. Ularning barchasi tergovni davom ettirish uchun Xavfsizlik boshqarmasiga yetkazilgan.
4-mart kuni Amerika diplomatik missiyasi xavfsizlikka tahdid yuzasidan o‘z ishini to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Qo‘shma Shtat fuqarolariga favqulodda holatlardagina xizmat ko‘rsatiladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)