Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: “Pravda Vostoka”

Foto: “Pravda Vostoka”

Filial Termiz davlat universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialning 2017/2018-o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizidan (68 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi