Suriyada Rossiya mudofaa vazirligining An-26 transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, samolyot bortida 26 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Avariya Xmeymim aerodromiga kirishda ro‘y bergan. Samolyot uchish-qo‘nish tasmasiga 500 metrcha yetmay, yer bilan to‘qnashgan.

Fojiaga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.