Toshkent shahrida joriy yil 26—27-mart kunlari o‘tkaziladiganAfg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy aloqalar sohasida hamkorlik” xalqaro anjumani ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV ma’lum qildi.
Anjumanda ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.
Forum qatnashchilari Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida fikr bildirishi kutilmoqda.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)