Xitoy Davlat kengashi vaziri Li Ketsyan 2018-yilda mamlakatning ishlab chiqarish sektori xorijiy tadbirkorlar uchun to‘liq ochiq bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi “Reuters”.
“Umumiy ishlab chiqarish sektori to‘liq ochiq bo‘ladi, telekommunikatsiya, tibbiyot, ta’lim va toza energiya tashuvchilar asosidagi avtomobillar kabi sohalarga kirib borish kengaytiriladi”, — dedi Li Ketsyan.
Uning so‘zlariga qaraganda, bank faoliyati, qimmatbaho qog‘ozlar, fondlar boshqaruvi kabi sohalarda chet elliklarning ishtirokini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
U, shuningdek, xorijiy investorlar soliqlar to‘lashda muhlat olishi mumkinligi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish jarayoni esa soddalashtirilishini ta’kidladi.
Izoh (0)