Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarga hodisa joyida tergov harakatlari o‘tkazishga mo‘ljallangan, ichida zaruriy buyum va anjomlar jamlangan maxsus tergov sumkasi tarqatildi. Bu haqda idora rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Maxsus “tergov sumkasi” tergovchi va surishtiruvchilarga hodisa joyida sifatli ashyoviy dalillarni, izlarni, ekspert tekshiruvi uchun namunalarni aniqlash va olish, sxemalar, chizmalar tuzishda, olingan ashyolarni rasmiylashtirishda, foto va videosuratga tushirishda, har qanday ob-havo sharoitlarida ham protsessual harakatlarini bekamu ko‘st amalga oshirishga yordam beradi.
Izoh (0)