AQSh xalqaro koalitsiyaning Suriya, Iroq va Quddus chegarasida Suriyaning Homs viloyatida ikki yil avval tashkil etilgan at-Tanf bazasiga maxsus topshiriqli bo‘linmaning 600 xodimini tashladi. 1-mart kuni Turkiyaning Yeni Akit gazetasi mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr harbiylarning bazaga tashlanishi maqsadiga aniqlik kiritmadi. Chegara o‘tish yo‘laklarini nazorat qilish baza shaxsiy tarkibi vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, unda Suriya muxolifatchilarini tayyorlash jarayoni amalga oshirilgan.
Turkiyaning Vatan gazetasi ma’lum qilishicha, at-Tanf bazasiga nafaqat amerikalik harbiylar, balki zirhli texnika ham yetib kelgan.
Izoh (0)