Coca-Cola Foundation BMT Orol dengizi bo‘yicha qo‘shma dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida suv ta’minotini yaxshilash loyihasiga 100 ming dollar ajratdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda mahalliy aholining faqat 50,8 foizi markazlashgan suv ta’minotidan foydalanish imkoniga ega. Uzoq tumanlar aholisi joylarda o‘rnatilgan suv manbalari hamda chuqurligi 400-500 metrlik artezian quduqlardan olinadigan suvni iste’mol qilmoqda.
Jamg‘arma va Global suv resurslari muammolari bo‘yicha tashkilot tomonidan “Orolbo‘yidagi qishloq hududlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash” loyihasi doirasida 2018-yil oxirigacha Taxtako‘pir tumanida suv taqsimlash stansiyasini tiklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada 2 mingga yaqin odam toza ichimlik suvidan iste’mol qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)