Angliya Premyer-Ligasining 28-turiga kelib “Tottenhem” futbolchilari mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Chelsi”dan oldinga o‘tib oldi.
“Liverpul” va nihoyat “Yunayted”dan o‘zib ketdi. Bugun Mourinyo jamoasi “Chelsi”ni qabul qiladi
“Chelsi” turning markaziy o‘yinini “Old Trafford” stadionida o‘tkazdi. “Manchester Yunayted”ga qarshi birinchi uchrashuvda Alvaro Morataning goli “Chelsi”ga g‘alaba keltirgandi. Bu safar Joze Mourinyo jamoasi iroda ko‘rsatdi.Hisob londonliklar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq Romelu Lukaku hisobni tenglashtirdi va golli pasi bilan Lingardga g‘alaba golini kiritish imkoniyatini yaratib berdi — 2:1.
Poytaxtning boshqa bir klubi “Tottenhem” esa London derbisida “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi. Deyarli so‘nggi daqiqada “shporlar” g‘alaba golini urishga erishdi. Qahramon o‘sha-o‘sha — Harri Keyn. Mazkur 3 ochko sabab “Tottenhem” turnir jadvalida “Chelsi”dan oldinga o‘tib oldi.
Mazkur turning so‘nggi o‘yini “Manchester Siti” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida bo‘ladi. Kecha ular Angliya Liga Kubogining finalida maydonga tushgani uchun, tur o‘yini payshanbaga belgilangan.
Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan ilk katta sovringa ega chiqdi: Angliya Liga Kubogi ishg‘ol etildi
Angliya Premyer-Ligasi 28-tur bellashuvlari 25-fevral, yakshanba“Kristal Pelas” — “Tottenhem” 0:1
Gol: Harri Keyn, 89 (0:1).“Manchester Yunayted” — “Chelsi” 2:1
Gollar: Villian, 32 (0:1). Romelu Lukaku, 39 (1:1). Jessi Lingard, 75 (2:1).1-mart, payshanba“Arsenal” — “Manchester Siti” 00:45
Izoh (0)