Buxoro viloyati IIB turistik xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasida 45 nafar xodim o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ular videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan maxsus avtomobil va avtobuslarga ega bo‘ladi. Bu vaziyatni tezkor tahlil qilib, turistlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish imkonini beradi.
Turistik politsiya xodimlari chet tillarini biladi hamda etiket asoslari bo‘yicha instruktajdan o‘tgan. Ularda xaritalar hamda navigatsiya va elektron tarjima tizimlaridan foydalanish uchun planshetlar bor.
Izoh (0)