Rossiya va O‘zbekiston eng oliy darajada o‘zaro ishonchga asoslangan siyosiy muloqot o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva shahrida o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bugun turli uchrashuvlar o‘tkazayotgan idoralararo delegatsiyangizni ko‘rishdan mamnunmiz, — dedi u, Abdulaziz Komilovga murojaat qilar ekan. — Eng oliy darajadagi aloqalarga asoslangan o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotimizni qadrlaymiz”.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurishi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Izoh (0)